Mening loyihalarim

Zamonaviy veb-texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan loyihalarni ko'rib chiqing.

E-Ticket
Onlayn xizmat

E-Ticket

eticket.railway.uz — bu “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan taqdim etilgan rasmiy onlayn platforma bo‘lib, foydalanuvchilarga temir yo‘l chiptalarini masofadan turib xarid qilish, qaytarish va tekshirish imkonini beradi. Sayt orqali Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon kabi shaharlarga poyezdlar uchun chiptalarni sotib olish mumkin. Asosiy funksiyalar - Chipta xaridi: Yo‘nalish, sana va poyezd tanlab, chiptani onlayn xarid qilish. - Chipta qaytarish: Shaxsiy kabinet orqali chiptani bekor qilish va pul mablag‘larini qaytarish imkoniyati mavjud. - Chipta tekshirish: Xarid qilingan chiptaning haqiqiyligini QR-kod orqali tekshirish. - Jadval va yo‘nalishlar: Poyezdlar jadvali va mavjud yo‘nalishlar bilan tanishish.

Angular
Boostrap
SCSS
NgBootstrap
Lingua Barno
Vebinar sayt

Lingua Barno

Taniqli ingliz tili o'qituvchisi Barno Askarovaga "2 kunda ingliz tilida erkin gapirish sirlari" nomli vebinari uchun qilib berilgan. Shu paytgacha vebinar saytlarini Tilda yordamida qilib kelishar ekan. Sayt performensi kodda ko'tarilsa yaxshi bo'ladi, test qilib ko'rmoqchimiz deb yozishgandi. Har xil manbalarda trafik olib kirishar ekan va shunga mos statistika qilib berishimni so'rashdi. Har bitta manba qanday statistika berayotganini ko'rib tursa bo'ladigan statistika qilindi bu saytga.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
E-Huquqshunos
Hujjat aylanish tizimi

E-Huquqshunos

lawyer.ijro.uz — bu O'zbekiston Respublikasida yuridik xizmatlar va ijro intizomini ta'minlash uchun yaratilgan elektron tizimdir Asosiy funksiyalar - Ijro intizomi tizimi: Idoralararо yagona elektron tizim sifatida ishlaydi - Elektron yurist xizmatlari: Huquqiy masalalarda elektron yordam beradi.

Angular
Angular Material
SCSS
Tailwind CSS
Marifat Jamal
Vebinar sayt

Marifat Jamal

Marifat Jamalning SAT kursi bo'yicha vebinari uchun qilingan sayt. Loyihada o'zim mazza qilib ishlaganman. Saytning stillari o'zimga yoqqan.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Dynamics Market
Internet do'kon

Dynamics Market

Dynamics Market — bu avtomatlashtirish, asbobsozlik, energetika va elektrotexnika sohalarida yetkazib berish va texnik yechimlar taklif qiluvchi taniqli kompaniya. Saytga kompaniya o'z tovarlarini joylaydi. Saytga kirgan mijozlar tovar haqida to'liq ma'lumot olishlari mumkin. Tovarni savatiga qo'shadi va keyin savatdagi barcha tovarlarni buyurtma qiladi. Saytni Angular'da ko'targanman. Sababi bu loyihani kelgusida rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashni reja qilyapmiz. Katta masshtabli loyihalar uchun esa Angular taqdim etadigan arxitektura zo'r instrument.

Angular 13
Tailwind CSS
Boostrap
SCSS
NgBootstrap
Sarbon Universiteti
Vebinar sayt

Sarbon Universiteti

sarbon-edu.uz va sarbon-taqdimot.uz - Sarbon Universitetining taqdimot reklamasi uchun qilingan vebinar saytlar. 2 xil dizaynda qilindi. Konversiya qaysi birida yaxshi chiqsa shu sayt reklamaning oxirigacha ishlatiladi. Ikkala saytda ham faqat mobil versiyasi qilindi. Hamma ko'rsatkichlar 100% ishlab turibdi. FCP - 0.8 sekund.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Dildora Tursunova
Vebinar sayt

Dildora Tursunova

Hozirda Uzinfocom'da HR bo'limi rahbari lavozimida ishlayotgan va HR sohasida ko'p yillik tajribaga ega ekspert Dildora Tursunovaning "Qanday qilib aniq formula asosida kuchli va sodiq jamoa qurish mumkin?" nomli oflayn seminari uchun qilingan lending sahifa. Saytni hosting'ga yuklab, performensini tekshirib ko'rganimda juda yomon natija ko'rsatgan (25%😭). Tashkilotchilar sayt yuklanish tezligini oshirib berishimni so'rashgan. Keyin "lazy loading" orqali saytning performensini ancha oshirib berganman. Lazy loading'da foydalanuvchi scroll qilib tushmaguncha, kontentni serverdan olib kelmaydi va shuning hisobiga saytning dastlabgi yuklanish tezligi oshadi.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
EDO.IJRO.UZ
Hujjat aylanish tizimi

EDO.IJRO.UZ

EDO.IJRO.UZ — bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish va hujjat aylanishini raqamli ravishda boshqarish uchun mo'ljallangan idoralararo yagona elektron tizimdir. U davlat organlari va tashkilotlar o'rtasida hujjatlarni tezkor, shaffof va samarali almashish imkonini yaratadi . Asosiy vazifalari va imkoniyatlari - Hujjat aylanishini avtomatlashtirish: Tizim orqali kiruvchi va chiquvchi hujjatlar ro'yxatdan o'tkaziladi, ijrochilarga biriktiriladi va ijro holati real vaqt rejimida kuzatiladi. - Ijro intizomini mustahkamlash: Prezident farmonlari, qarorlar va boshqa rasmiy topshiriqlarning bajarilishi monitoring qilinadi, bu esa ijro intizomini oshiradi. - Shaffoflik va hisobdorlik: Tizimda ijro holati bo'yicha aniq statistikalar yuritiladi, bu esa rahbarlar va mas'ul xodimlarning faoliyatini baholash imkonini beradi. Afzalliklari - Qog'ozbozlikni kamaytirish: Hujjatlar elektron shaklda yuritilishi orqali qog'oz sarfi kamayadi va ekologik jihatdan foyda keltiradi. - Tezkorlik va samaradorlik: Hujjatlar tezda yetkaziladi va ijro jarayoni tezlashadi. - Markazlashtirilgan nazorat: Barcha hujjatlar va topshiriqlar yagona platformada boshqariladi, bu esa nazoratni osonlashtiradi .

Angular
Angular Material
SCSS
Tailwind CSS
Komiljon Xamidjonov
Vebinar sayt

Komiljon Xamidjonov

Xalqaro kompaniyalarda ishlayotgan tajribali dasturchi Komiljon Xamidjonovning "Dasturlashda 0 dan 1000$ topish qadamlari" nomli vebinari uchun landing sahifa. Sayt performensiga alohida e'tibor berilgan. Aynan shu saytda Visit Rate 87% bo'lgan. Targetologlar bu nimaligini yaxshiroq tushunadi. Visit Rate - bu targetingda chiqqan reklamadagi "Learn More" tugmasini bosganlardan necha foizi saytni to'liq ocha olganining ko'rsatkichi.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Fulfil Education
Landing sayt

Fulfil Education

Fulfil jamoasi uchun ko'p sahifalik veb-sayt. Saytda jamoa haqida to'liq ma'lumot olish mumkin. Shuningdek Fulfil jamoasida bo'layotgan yangiliklar va bo'sh ish o'rinlari haqidagi ma'lumotlar saytga joylab turiladi. Saytni Angular'da ko'targanman. Nimaga Angular? Angular SPA ilovalarni yaratish uchun imkoniyat beradi. SPA - Single Page Application. Bu degani sayt bir marta yuklanganidan keyin, boshqa menyularga o'tishda foydalanuvchidan qo'shimcha internet trafik va vaqt talab qilinmaydi. Saytga bitta kirgan odam xuddi telefoniga dastur o'rnatgan odamga o'xshab bo'limdan bo'limga, sayt fayllarini boshqatdan yuklamasdan foydalana oladi. Admin uchun alohida panel qilinmagan. Ma'lumotlarni dinamik kiritib turish uchun Google Sheets'dan foydalanilgan.

Angular
Tailwind CSS
Maftuna Arabbayevna
Vebinar sayt

Maftuna Arabbayevna

"Badavlat Ayol" loyihasining spikeri Maftuna Arabbayevaning "O'z imkoniyatlaringizni kashf eting" nomli 2 kunlik onlayn darsi uchun tanishtiruv sayti. Saytda mentorning ustidagi kiyimga mos ranglar palitrasi yaxshi tanlangan. Shu saytdan boshlab saytlarga statistika qo'shishni boshlaganman. Kerakli ma'lumotlar oddiy ko'rinishda ko'rsatib berilgan. Statistika ma'lumotlarini ko'rsatishga AI ham ozgina qarashib yuborgan 🫣 (Claude AI)

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Rustilida Loyihasi
Landing sayt

Rustilida Loyihasi

Ko'p yillik tajribaga ega rus tili o'qituvchisi Zarina Ismailovnaning kurslari uchun sotuv sayti. Saytda kurs haqida to'liq ma'lumot berilgan. Shuningdek rasmiy sertfikatlar va o'quvchilarning kurs haqidagi fikrlari joylangan.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Zebiniso Yadgarova
Vebinar sayt

Zebiniso Yadgarova

Ko'p yillik tajribaga ega bolalar shifokori, Zebiniso Yadgarovaning "Sog'lom bola formulasi" nomli onlayn darsi uchun qilingan vebinar sahifasi. Domen nimaga bunaqa vebinarga mosmas degan savol tug'ilishi mumkin albatta. Ba'zi hollarda vebinar tashkilotchilarida .uz domeni bo'lmaydi va o'zingizda bor domenga ulab beravering, vaqtimiz kam domen sotib olish uchun deyishadi. Domen sotib olinganidan keyin to'liq aktiv bo'lib ketishi 24 soatdan 48 soatgacha cho'zilishi mumkin. Agar dam olish kunlariga to'g'ri kelib qolsa, domen aktivlashishiga ketadigan vaqt bundan ham cho'zilishi mumkin.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Video darslik sotuv sayti
Landing sayt

Video darslik sotuv sayti

Oldin Zoom'da frontend dasturlash yo'nalishi bo'yicha onlayn dars berganman. Darslarni o'quvchilar darsdan keyin ham ko'ra olishlari uchun yozib olardim va telegram guruhga tashlab qo'yardim. Shu yozib olingan darslarni sotish fikri kelgan va reklama uchun shu saytni yasaganman. Saytni yasashda native texnologiyalardan foydalanganman. O'zimga yoqqan bu qilgan ishim. Chiroyli chiqqan deb hisoblayman.

HTML
CSS
JavaScript
ABM tarjimonlik firmasi sayti
Landing sayt

ABM tarjimonlik firmasi sayti

O'zbekistonda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ABM tarjimonlik firmasi uchun ushbu sayt qilib berilgan. Saytda firma ko'rsatadigan xizmat turlari, firmaning doimiy mijozlari va mijozlarning ular haqidagi bildirgan izohlarini ko'rish mumkin. Sayt tarjimonlik firmasiniki bo'lgani uchun sayt kontenti ko'p tillik qilib ishlab chiqilgan, ya'ni saytga tashrif buyurgan odam o'zbek, rus va ingliz tillarida ushbu firma haqidagi ma'lumotlarni o'qishi mumkin.

HTML
CSS
JavaScript
Iroda Rahmonova
Vebinar sayt

Iroda Rahmonova

Arab tilini o'qitish bo'yicha katta tajribaga ega mutaxassis Iroda Rahmonovaning kursi uchun vebinar sayt. Sayt performensi yaxshi bo'lishi uchun faqat mobil versiyasini qilib berdi. Bu zo'r yordam berdi deyolmayman. Performens 92-93% dan oshmadi. Shunda saytga ulangan fontlar performensga ta'sir qilishini tushunib yetgandim.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Azizbek Xabibullayev
Vebinar sayt

Azizbek Xabibullayev

Xalqaro kompaniyada Senior Frontend dasturchi Azizbek Khabibullayevning kurs vebinari uchun sayt. Sayt stilistikasi sodda va foydalanuvchiga qulay ko'rinishda ishlab chiqilgan.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Hurriyat Rahmatullaeva
Vebinar sayt

Hurriyat Rahmatullaeva

Taniqli psixolog Hurriyat Rahmatullayevaning "3 texnika orqali farzandingizni urmasdan tarbiyalang va uni Boshqaruvchi Lider qiling" nomli 3 kunlik bepul masterklassi uchun qilingan vebinar sayti

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Mahmudjon Inomjonov
Vebinar sayt

Mahmudjon Inomjonov

AI orqali videomontaj qilish bo'yicha 2 yillik tajribaga ega mutaxassis Mahmudjon Inomjonovning 2 kunlik pullik marafoni uchun qilingan vebinar saytlar. Test qilish maqsadida 2 xil versiyasini qildirishdi. Sayt performensi juda muhim bo'lganligi sababidan faqat mobil versiyasini qildim. Shuningdek sayt uchun qo'llangan shrift hamma qurilmada "by default" topiladi. Bu esa saytning internetdan yuklanish tezligini oshiradi, shu bilan birga foydalanuvchining internet trafigini ancha tejab beradi. Umumiy hisobda sayt to'liq yuklanishi uchun ~443 KB trafik ketyapti.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Kamola Baxtiyarovna
Vebinar sayt

Kamola Baxtiyarovna

San'atkorlar orasida mashhur bo'lgan, ko'p yillik tajribaga ega dizayner-texnolog Kamola Baxtiyarovnaning kurs reklamasi uchun qilingan sayt. Shu saytni tez qilib berishga to'g'ri kelib qolgan. U paytlarda saytlarning performensini oshirish haqida ko'p ham qayg'urmas edim. Chunki kurs tashkilotchilari bu masalaga uncha e'tibor berishmagan oldin. Lekin 94-95% atrofida ko'rsatgan target yoqilgan vaqtda. Hozir 93% ko'rsatyapti ekan. Ma'lumot uchun: bu statistika vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadi. Performens ko'p faktorlarga bog'liq.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
OKR
Onlayn xizmat

OKR

OKR - Objective Key Result. Bu tizim O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi uchun maxsus ishlab chiqilgan. Tizimda topshiriqlar va ularning ijro holati nazorat qilib boriladi.

Angular
Angular Material
SCSS
Tailwind CSS
Zarina Ismailovna
Vebinar sayt

Zarina Ismailovna

Rus tili o'qituvchisi Zarina Ismailovna uchun qilib berilgan vebinar sayti. Sayt dizaynida qora rangdan to'g'ri foydalanilgan

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Farhod Ruzmatov
Vebinar sayt

Farhod Ruzmatov

Cosmos brendi asoschi, Uzum marketning rasmiy spikeri Farhod Ruzmatovning online darslari reklamasi uchun qilingan vebinar sayti. Saytda dizayner Uzum marketning stilistikasidan ajoyib ko'rinishda foydalangan.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Nigina Navruzova
Vebinar sayt

Nigina Navruzova

Rus tili o'qituvchisi Nigina Navruzova uchun qilib berilgan vebinar sayti. Saytda yashil ranglarni yaxshi ishlatgan dizaynerimiz.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Elshod Umarov
Vebinar sayt

Elshod Umarov

elshod-umarov.nordicuniversity.org - Xalqaro Nordik Unubersiteti Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti dekani Elshod Umarovning "Tanlovda adashmaslik formulasi" nomline online, yopiq vebinari uchun qilingan vebinar-sayt. Saytning desktop va mobil versiyalari qilingan. Rasmlar va saytdagi boshqa mayda elementlar sal ko'p bo'lishiga qaramay, performans 100% chiqdi.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Turkiston Buildings
Vebinar sayt

Turkiston Buildings

Buxorodagi "Turkiston Buildings" qurilish kompaniyasining onlayn taqdimoti uchun qilingan vebinar sayt. Sayt faqat bitta sahifadan iborat. Instagram reklamadan saytga kirgan foydalanuvchi "Taqdimotda qatnashish" tugmasini bosib telegram kanalga qo'shilib oladi. Sayt dizaynini ham o'zingiz qilib bering, faqat o'zingiz orqali ishni bitirsak yaxshi bo'lardi deyishganiga o'zimcha qilib ko'rdim boshida, lekin men o'zim qilgan dizayn unchalik "yemadi". Tanish dizaynerimdan yordam olishimga to'g'ri keldi. Dizayner umumiy stilistikani fon rasmiga moslab chizib berdi. Natija yomon emas.

HTML
Tailwind CSS
Ozoda Isxakova
Vebinar sayt

Ozoda Isxakova

Uzoq yillik tajribaga ega dizayner Ozoda Isxakovaning intensivi uchun qilingan vebinar-sayt. Oldin qilgan saytlardan foydalangan holda veb-dizaynsiz qilib berdim. Ranglarni qanday tanlashni Claude AI bilan maslahat qildik. Sun'iy intellekt bergan ranglardan foydalandim. Natija yomonmas ). Shuningdek saytning yuklanish tezligi ham juda zo'r. FCP - 0.8s. Bu degani saytga kirgan odamga 0.8 sekund ichida sayt elementlari to'liq chizib ko'rsatiladi.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Mehruza G'ulomova
Vebinar sayt

Mehruza G'ulomova

8 yillik tajribaga ega dublyaj aktrisasi Mehruza G'ulomovaning "Chiroyli ovoz sirlari" deb nomlangan onlayn masterklassi uchun qilingan sayt. Vebinar tashkilotchilari oldin qilingan bitta saytda Visit rate 80%, Lead rate 70% bo'lgandi deb yana xuddi shu saytning strukturasi bilan bir xil qildirishdi.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Asror Iskandarov
Forma sayt

Asror Iskandarov

Asror Iskandarovning "Shaxsiy brendni 0 dan samarali qurish" nomli kursiga ro'yxatdan o'tish uchun forma sayt. Kursga yoziladigan odamlar qaysi trafikdan kelganini bilish uchun sayt qildirishdi. Google Forms bilan ham buni qilsa bo'lardi, lekin kelgan odam Instagramdan keldimi, Youtubedan keldimi bila olishmaydi. Saytdagi ma'lumotlar to'ldirib jo'natilgach Bitrixga yoziladigan qilindi. Bu ham qo'shimcha tajriba bo'ldi menga, chunki oldin faqat AmoCRM bilan integratsiya qilib berardim. Bitrixda nisbatan osonroq bo'ldi forma ma'lumolarini jo'natish.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Lingua Barno kursiga to'lov
Forma sayt

Lingua Barno kursiga to'lov

LinguaBarnoning "Upgrade 4.0" kursi taqdimotining oxirida to'lov ochilgandan keyin, kursda qatnashmoqchi bo'lganlar joy band qilish uchun to'lov qilib, to'lovni tasdiqlovchi skrinshotlarni yuklaydigan forma sayt. Formani boshqarish osonroq bo'lishi uchun Angularda ko'tardim. Rasmlarni yuklash uchun NodeJS yordamida mini backend ko'tardim. Katta yuklamada ham qotmasdan yaxshi ishlab berdi.

Angular
Tailwind CSS
NodeJS
NestJS
Nordik Universtitetiga qabul uchun forma
Forma sayt

Nordik Universtitetiga qabul uchun forma

Nordik Universtitetiga qabul uchun forma sayt. Universitetda o'qimoqchi bo'lganlar saytga kirib, ariza qoldiradi. Formada yuborilgan ma'lumotlar Bitrix CRM ga yoziladi.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Sarbon Universtitetiga qabul uchun forma
Forma sayt

Sarbon Universtitetiga qabul uchun forma

Sarbon Universtitetiga qabul uchun forma sayt. Universitetda o'qimoqchi bo'lganlar saytga kirib, ariza qoldiradi. Formada yuborilgan ma'lumotlar Amo CRM ga yoziladi.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Aziza Xolmatova
Vebinar sayt

Aziza Xolmatova

Tikuvchi dizayner Aziza Xolmatovaning "Tikuvchilikda 0 dan natijagacha" deb nomlangan 2 kunlik onlayn masterklassi uchun qilingan vebinar-sayt. Bu saytning dizaynini doim birga ishlidigan dizaynerimiz qilmadi. Tashkilotchilarning o'zlarining tanish dizaynerlari qilib berdi. Boshida juda ko'p bezaklar qo'shib yuborilgan edi veb-dizaynda. Ortiqcha bezak va elementlar saytning o'qilishini va foydalanuvchi qurilmasiga yuklanishini qiyinlashtiradi deb maslahat va tavsiyalar berdim. Shundan keyin sodda ko'rinishga keltirib, to'g'irlab berdi dizaynni. Saytda hamma ko'rsatkichlar maksimal holatda ishlab turibdi.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript
Akbar Turdiboev
Vebinar sayt

Akbar Turdiboev

500 dan ortiq o'quvchilarga Excelni o’rgatgan tajribali mutaxassis Akbar Turdiboevning "QANDAY QILIB EXCEL VA GOOGLE SHEETSNI 0 DAN 21 KUN ICHIDA O'RGANISH MUMKIN?" nomli 2 kunlik onlayn masterklassi uchun qilingan vebinar sayti.

HTML
Tailwind CSS
JavaScript