Loyihalar sahifasiga qaytish
Turkiston Buildings

Turkiston Buildings

Buxorodagi "Turkiston Buildings" qurilish kompaniyasining onlayn taqdimoti uchun qilingan vebinar sayt. Sayt faqat bitta sahifadan iborat. Instagram reklamadan saytga kirgan foydalanuvchi "Taqdimotda qatnashish" tugmasini bosib telegram kanalga qo'shilib oladi.
Sayt dizaynini ham o'zingiz qilib bering, faqat o'zingiz orqali ishni bitirsak yaxshi bo'lardi deyishganiga o'zimcha qilib ko'rdim boshida, lekin men o'zim qilgan dizayn unchalik "yemadi". Tanish dizaynerimdan yordam olishimga to'g'ri keldi. Dizayner umumiy stilistikani fon rasmiga moslab chizib berdi. Natija yomon emas.

Xususiyatlar

  • Instagramda reklama qilinayotgan kurs haqida ma'lumot
  • Ro'yxatdan o'tish formasi
  • Foydalanuvchilar ma'lumotlarini yig'ish
  • Ma'lumotlarini qoldirgan foydalanuvchilar uchun "Thank you" sahifasi
  • Foydalanuvchini yopiq telegram kanalga yo'naltirish
  • Kam trafik sarflagan holda tezkor yuklanish
  • Zamonaviy va chiroyli dizayn
  • Mobil qurilmalarga moslashtirilgan dizayn

Texnologiyalar

HTML
Tailwind CSS

Loyiha turi

Vebinar sayt

Menga bog'laning

Birga ishlash yoki loyihalar haqida savollaringiz bormi?

Aloqaga chiqing