OS

Biznes uchun sayt yaratish

Kompaniyangizni tanishtirish, xizmatlaringizni tushuntirish va mijozdan murojaat olish uchun veb-sayt yarataman. Toshkentdagi dasturchi sifatida O'zbekiston bo'ylab loyihalar bilan masofadan ham ishlayman. Sayt tuzilishini mijozingiz qaysi savollarga javob izlashidan boshlaymiz.

Narx texnik topshiriq asosida

Loyiha va narxni muhokama qilish

Kimlar uchun mos?

O'quv markazi, xizmat ko'rsatish biznesi, mutaxassis yoki kompaniyaga mos. Bitta taklif uchun landing yetarli bo'lishi mumkin; bir nechta xizmat va yo'nalishlar uchun alohida sahifali sayt qulayroq.

Ish tarkibiga nimalar kiradi?

  • Bosh sahifa, xizmatlar, kompaniya va aloqa bo'limlari
  • Telefon, planshet va kompyuterga mos dizayn
  • Murojaat formasi va Telegram orqali aloqa
  • Har sahifa uchun sarlavha, tavsif va indekslash sozlamalari
  • Kelishuv asosida o'zbekcha va ruscha sahifalar
  • Google Analytics orqali tashriflarni o'lchash

Narx va muddat nimaga bog'liq?

Sayt yaratish narxi sahifalar soni, dizayn, tillar va integratsiyalarga bog'liq. Tayyor matn va dizayn bormi, kontentni kim yangilaydi — shularni aniqlab, ish hajmi va muddatini kelishamiz. Domen va hosting xarajatlari alohida muhokama qilinadi.

Portfoliodagi ish namunalari

Men ishlagan loyihalar. Batafsil tavsif, texnologiyalar va loyiha havolasini ko'rish uchun kartani oching.

Ko'p beriladigan savollar

Sayt buyurtma qilish uchun nimalar kerak?

Biznesingiz, xizmatlaringiz, saytning asosiy vazifasi va yoqqan sayt namunalarini yuboring. Logotip, rasmlar va matnlar bo'lsa, ularni ham ko'rib chiqamiz. Tayyor texnik topshiriq bo'lmasa, tuzilmani birga aniqlaymiz.

Saytni Google va Yandex uchun tayyorlaysizmi?

Sahifalar sarlavhasi, tavsifi, sitemap, robots.txt va mobil ko'rinishni sozlash ish tarkibida kelishiladi. Qidiruvdagi o'rin kontent, raqobat va boshqa omillarga ham bog'liq; birinchi o'rin va'da qilinmaydi.

Mavjud saytni qayta ishlab bera olasizmi?

Ha. Avval hozirgi sayt, uning kodlari va vazifalarini ko'rib chiqamiz. Ishlayotgan URL manzillarni saqlash yoki kerakli yo'naltirishlarni tayyorlash rejaning bir qismi bo'ladi.

Boshqa xizmatlar

Loyihangiz haqida yozing

Vazifa, namunalar va kutilayotgan muddatni yuboring — mos yechimni muhokama qilamiz.

Dasturchi bilan bog'lanish